About the Journal
“Makon va Zamon” — siyosiy fanlar, tarix, falsafa, pedagogika va sotsiologiya yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot natijalarini yoritishga ixtisoslashgan ilmiy jurnal. Jurnalda original ilmiy maqolalar, nazariy va amaliy tadqiqotlar, tahliliy materiallar hamda ilmiy sharhlar chop etiladi. Taqdim etilgan maqolalar tahririy ko‘rib chiqish va taqriz jarayonidan o‘tkaziladi. Jurnal ilmiy xolislik, akademik halollik, mualliflik huquqiga rioya qilish va ochiq ilmiy muloqot tamoyillariga amal qiladi.